Skip to main content

Dastur sekin ishlayapti

Dasturni yangilang​

Yangi versiyalar tezroq ishlaydi. Agar AliPos yangilashni taklif qilsa — o'rnating. Ishonchingiz komil bo'lmasa, yordam xizmati masofadan yangilab beradi.

Svet o'chgandan keyin uzoq yonish​

Yoqilgandan keyin kompyuterga barcha xizmatlarni ishga tushirish uchun vaqt kerak. Birinchi daqiqalarda dastur sekin ochilishi mumkin — bu normal holat. To'liq yuklanishini kuting, kompyuterni ketma-ket bir necha marta qayta yoqmang.

Kuchsiz kompyuter​

Eski va kuchsiz kompyuterlarda dastur sekinroq ishlaydi, ayniqsa ularda brauzer, video va boshqa dasturlar ham ochiq bo'lsa.

  • Kassadagi ortiqcha dasturlarni yoping.
  • Kassa kompyuterini boshqa ishlar uchun ishlatmang.
  • Agar kompyuter eski bo'lsa va doim qotsa, uni almashtirish kerak. AliPos'ni yangi kompyuterga ko'chirishni yordam xizmati qiladi.

Dastur o'zi yopilib qolyapti​

Agar AliPos ish vaqtida yopilib qolsa, muammo ko'pincha shu kompyuterdagi Windows'da bo'ladi. Yordam xizmatiga murojaat qiling: mutaxassis masofadan tekshiradi va Windows'ni qayta o'rnatish kerakmi, aytadi.

Kompyuterda noto'g'ri vaqt​

Sana, vaqt va vaqt mintaqasini (Toshkent, UTC+5) tekshiring. Noto'g'ri vaqt buyurtmalar va hisobotlarda xatolarga olib keladi.

Kassada Windows'ga kirish parolini qo'ymang​

Windows'ga kirish paroli kompyuter yoqilgandan keyin dasturning avtomatik ishga tushishiga xalaqit beradi.

Bog'liq maqolalar​