Skip to main content

Obunani qanday to'lash

To'lov usullari​

  • Click
  • Payme
  • Paynet
  • Bank o'tkazmasi (yuridik shaxslar uchun, hisob bo'yicha)

Click, Payme yoki Paynet orqali to'lov​

  1. To'lov tizimi ilovasini oching.
  2. Xizmatlar ro'yxatidan AliPos'ni toping.
  3. Tashkilotingiz ID'sini to'liq, tushirib qoldirmasdan kiriting.
  4. Summani kiriting va to'lang.
  5. Asosiy kompyuterdagi kassaning kirish ekranida kalitcha belgisini → **«Tekshirish»**ni bosing. Kompyuter internetga ulangan bo'lishi kerak.

Agar tashkilot ID'si yoki to'lov summasini bilmasangiz, yordam xizmatiga qo'ng'iroq qiling: +998 55 704-99-99.

Bank o'tkazmasi orqali to'lov​

O'tkazma tushishi vaqt oladi. Kassa to'xtab qolmasligi uchun to'lov haqida yordam xizmatiga xabar bering — o'tkazma tekshirilguncha ish uzaytirib beriladi.

To'lovdan keyin litsenziya yangilanmadi​

Qarang: Litsenziya muddati tugagan: ko'pincha litsenziyani yangilash tugmasi bosilmagan yoki asosiy kompyuterda internet yo'q.

O'z vaqtida to'lashga ulgurmasangiz​

Yordam xizmatiga oldindan qo'ng'iroq qiling va muddat haqida kelishib oling.

Bog'liq maqolalar​