Ko'p beriladigan savollar
AliPos qancha turadi?
Narx tarif va kassalar soniga bog'liq. Yashirin to'lovlar yo'q, o'rnatish va o'qitish bepul. Batafsil — Tariflar va narxlar.
Bepul davr bormi?
Ha, 14 kun. Bu vaqtda shartnoma kerak emas. Sinov muddatidan keyin tarifni tanlaysiz, barcha ma'lumotlar saqlanadi.
Obunani qanday to'lash?
Tashkilot ID'si bo'yicha Click, Payme, Paynet orqali yoki bank o'tkazmasi bilan. To'lovdan keyin dasturda litsenziyani yangilang. Batafsil — Obunani qanday to'lash.
Internet uzilsa nima bo'ladi?
Kassa ishlashda davom etadi: buyurtmalarni qabul qilasiz va cheklarni chop etasiz. Internet qaytganda ma'lumotlar avtomatik sinxronlanadi. Internetsiz telefondagi va Web'dagi hisobotlar yangilanmaydi, to'lovdan keyin litsenziya uzaytirilmaydi.
Dastur o'zbek tilida bormi?
Ha. Kassa, ilovalar va hisobotlar o'zbek va rus tillarida ishlaydi. Har bir xodim o'ziga qulay tilni tanlaydi.
Fiskalizatsiya va Soliq bilan integratsiya bormi?
Ha. AliPos QR-kodli fiskal chek beradi, ma'lumotlarni Soliqqa yuboradi va markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlaydi. Batafsil — Soliq bilan integratsiya.
Boshqa dasturdan qanday o'tish mumkin?
Menyu, texkartalar va qoldiqlarni AliPos mutaxassislari o'zlari ko'chiradi. O'tish tunda yoki dam olish kunida, sotuvni to'xtatmasdan qilinadi.
Start tarifida ombor bormi?
Yo'q. Ombor, inventarizatsiya va texkartalar Standard tarifidan boshlab mavjud. Tarifni istalgan vaqtda o'zgartirish mumkin, ma'lumotlar saqlanadi.
Tarifni o'zgartirish mumkinmi?
Ha, istalgan vaqtda. Ma'lumotlar saqlanadi.
Ofitsiant o'z telefonidan buyurtmani yopa oladimi?
Yo'q. Ofitsiant buyurtmani qabul qiladi, to'lovni qabul qilish va buyurtmani yopish esa faqat kassirda. Bu muassasa pulini himoya qiladi.
Buyurtmadan taomni kim o'chirganini qanday bilish mumkin?
Har bir o'chirish, bekor qilish, chegirma va qaytarish jurnalda xodim ismi va vaqti bilan saqlanadi. Jurnal AliPos Boss'da ko'rinadi.
Bir nechta filialni ko'rish mumkinmi?
Ha, barcha filiallar va har biri bo'yicha hisobot — bitta AliPos Boss ilovasida. Ko'p nuqtali ish Pro va undan yuqori tarifda mavjud.
O'tgan sana bilan buyurtma urish mumkinmi?
Yo'q, buyurtma faqat joriy sana bilan yaratiladi.
Eski hisobotlarni o'chirish mumkinmi?
Ha, yordam xizmati orqali. O'chirish qaytarib bo'lmaydi — avval kerakli hisobotlarni Excel'ga yuklab oling.
Yordam xizmatiga masofaviy kirish berish xavfsizmi?
Ulanish faqat siz o'zingiz mutaxassisga aytgan kod orqali va faqat siz uni yopmaguningizcha mumkin. Kodni faqat o'zingiz qo'ng'iroq qilgan AliPos xodimiga ayting. Batafsil — Masofaviy yordam.
Joyida yordam kerak bo'lsa, kim keladi?
Ko'p muammolar bir necha daqiqada masofadan hal qilinadi. Agar chiqish kerak bo'lsa, uni Toshkent va Samarqanddagi AliPos ofislari yoki hududlardagi hamkorlar tashkil qiladi.